Xizmatlar / AI agentlar

Sotuvingizga AI agentlar qo'shamiz

Qo'ng'iroqlarni avtomatik tahlil qilish va mahsulotingizni chat orqali sotadigan maxsus AI agent — ikkalasi ham amoCRM bilan bog'langan holda ishlaydi.

Loyihani muhokama qilish →
01

Qo'ng'iroqlarni tahlil qilish

Sotuv qo'ng'iroqlarini avtomatik matnga o'giramiz va har birini baholaymiz — supervayzer qo'lda tinglashi shart emas.

  • O'zbek va rus tilida (aralash bo'lsa ham) aniq transkripsiya
  • Skriptga rioya qilish, e'tirozlarga javob, gapirish nisbati bo'yicha baho
  • Diqqat talab qiladigan qo'ng'iroqlar (salbiy ohang, muammoli holatlar) avtomatik belgilanadi
  • Transkripsiya va baho to'g'ridan-to'g'ri amoCRM'dagi bitim kartochkasiga biriktiriladi
  • Har bir menejer bo'yicha vaqt davomidagi natijalar ko'rinishi

O'rniga: supervayzerning tasodifiy qo'ng'iroqlarni qo'lda tinglab tekshirishi.

02

Sotadigan AI agent

Mahsulotingiz, narxlaringiz va tez-tez so'raladigan savollar asosida o'qitilgan AI agent — Telegram yoki sayt orqali mijozlar bilan gaplashadi.

  • Savollarga javob beradi, mijozni malakalashtiradi, oddiy e'tirozlarni hal qiladi
  • Sodda savdolarni mustaqil yakunlashi mumkin
  • Murakkab holatlarda yoki mijoz so'rasa — real menejerga o'tkazadi
  • Har bir suhbat avtomatik ravishda amoCRM'da lid sifatida qayd etiladi
  • 24/7 ishlaydi — birinchi javob uchun kutish yo'q

O'rniga: mijozning birinchi murojaatiga javob berish uchun kutish vaqti.

Ikkalasi ham amoCRM bilan ishlaydi

Qo'ng'iroq tahlili ham, AI agent ham alohida vositalar emas — ular allaqachon sozlagan yoki sozlayotgan CRM tizimingizga integratsiya qilinadi.

amoCRM joriy etish →

Ish jarayoni

01

Audit

Qo'ng'iroqlar va savdo suhbatlaringizni ko'rib chiqamiz.

02

O'qitish

AI agentni mahsulotingiz va jarayoningizga moslab sozlaymiz.

03

Integratsiya

amoCRM va boshqa tizimlaringiz bilan bog'laymiz.

04

Kuzatuv

Natijalarni kuzatib boramiz va yaxshilab boramiz.

AI qanday yordam bera olishini ko'ramizmi?

Hozirgi qo'ng'iroq va sotuv jarayoningizni ko'rib chiqamiz.

Loyihani muhokama qilish →